Beautly hisobini oʻchirish
Beautly ilovasi va saytidagi hisobingizni istalgan vaqtda oʻzingiz oʻchirasiz. Ruxsat soʻrash yoki xat yozish kerak emas. Bu amalni orqaga qaytarib boʻlmaydi.
Qanday oʻchiriladi
- Ilovada: Profil → «Hisobni oʻchirish» → telefon raqamni tasdiqlash
- Saytda: shu sahifada kirib, pastdagi shaklni toʻldirasiz
Nima oʻchadi
- Ism, telefon raqam, jins va tugʻilgan sana
- Barcha bronlar va ularning tarixi
- Yozgan sharhlaringiz va baholaringiz
- Sevimli salonlar va navbat yozuvlari
- Salonlardagi mijoz kartochkangiz
- Telegram ulanishi
Nima qoladi va qancha vaqtga: salon kassasidagi toʻlov summasi buxgalteriya uchun qoladi, lekin undagi bron havolasi uziladi — summa saqlanadi, kim toʻlagani aniqlanmaydi. Bu yozuvda ism ham, telefon ham yoʻq. Qolgan hamma maʼlumot darrov, kechiktirilmasdan oʻchadi — qoʻshimcha saqlash muddati yoʻq. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Yuklanmoqda…